Профессия – бухгалтер
Профессия – бухгалтер – Telegram-канал для специалистов в области бухгалтерии. Здесь вы найдёте:
- актуальные новости и законодательные изменения;
- ответы на интересующие вас вопросы;
- разбор сложных ситуаций и рекомендации по эффективному ведению учёта;
- советы по улучшению навыков и профессионального роста.
Присоединяйтесь к нам, чтобы быть в курсе последних событий и тенденций в мире бухгалтерии, а также получить поддержку и помощь от опытных коллег!
Комментарии
Комментариев пока нет
Публикации канала
Pro-Accountants: Kalkulyator.xlsx Qaysi tartib siz uchun foydali ekanini ushbu kalkulyator yordamida bilib olishingiz mumkin.
2026-yil 1-iyundan 2030-yil 1-yanvarga qadar asosiy faoliyat turi umumiy ovqatlanish, savdo yoki xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga (bundan davlat ulushi 50% va undan yuqori bo‘lgan korxonalar hamda yirik soliq to‘lovchilar mustasno) ixtiyoriy ravishda 6% stavkada QQSni hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqi beriladi. «Soddalashtirilgan» QQS to‘lovchilar alohida soliq hisobotini taqdim etadilar. Asos: PF-100-son 26.05.2026 yil. 🔛Obuna bo'ling🔛 💬Telegram
Ustoz Sohibqiron yotar ustoz poyida, Jomiyni pir tutgan Navoiy hazrat. Ustoz buyuk degan buyuk qoida Bu qaytar dunyoda azaliy hikmat. Aflotunga shogird edi Arastu, Ul shogirdga shogird bo‘ldi Iskandar. Bu oltin silsila davomi mangu, O‘zi ustoz bo‘lar ustoz ko‘rganlar. Bormi murabbiydan baxtliroq inson, Shogirdlari qilsa yuksakka parvoz. Boshimizga toj siz, bor bo‘ling omon, Tabarruklar ichra tabarruk ustoz! © Erkin Vohidov Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!
Farzandi xususiy maktabda o'qiyotgan ota-onalar uchun soliq olinmaydigan daromad chegarasi 3 mln so'mdan 6 mln so'mga oshiriladi.
Pro-Accountants: 2026-yil 1-oktabrdan boshlab: Fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishlaydigan shaxs o‘zini o‘zi band qilganlar uchun belgilangan miqdorda ijtimoiy soliq to‘lasa (bir yil uchun 1 BHM), unga avtomatik ravishda 1 yil ish staji hisoblanadi. 🔛Obuna bo'ling🔛 💬Telegram Shuningdek: 2027-yil 1-yanvardan boshlab rasmiy daromadi bor shaxs o‘zining ishlamaydigan oila a’zosi uchun ish staji yig‘ib borishi mumkin. Buning uchun har oy ixtiyoriy ravishda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 12 foizi miqdorida (hozirgi kunda 163 ming 200 so'm) ijtimoiy soliq to‘lanadi - Prezident qarori.
2026-yil 1-oktabrdan boshlab: Fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishlaydigan shaxs o‘zini o‘zi band qilganlar uchun belgilangan miqdorda ijtimoiy soliq to‘lasa (bir yil uchun 1 BHM), unga avtomatik ravishda 1 yil ish staji hisoblanadi. 🔛Obuna bo'ling🔛 💬Telegram
1C Dasturida Moddiy yordam (Kartoshka pulini) ko'rsatish 🔛Obuna bo'ling🔛 💬Telegram Video is too big
Korxona va tashkilotlarga ijtimoiy soliq bo‘yicha yangi imtiyozlar berish to‘xtatiladi. Amaldagi ijtimoiy soliq imtiyozlari esa 2030-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilinadi. 🔛Obuna bo'ling🔛 💬Telegram
2027-yil 1-yanvardan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ijtimoiy soliq to‘lash majburiy tartibda belgilanadi. Ijtimoiy soliqni bir yo‘la emas, yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkin bo‘ladi. To‘langan ijtimoiy soliqning 10 foizi Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Shu hisobdan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga: ● homiladorlik va tug‘ish nafaqasi; ● vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to‘lanadi. Ya’ni o‘zini o‘zi band qilgan shaxs ijtimoiy soliq to‘lash orqali nafaqat pensiya stajiga, balki davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa olish huquqiga ham ega bo‘ladi. 🔛Obuna bo'ling🔛 💬Telegram
❗️ Pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish taklif etilmoqda. Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, 2028-yil 1-yanvardan boshlab pensiya yoshini har yili 3 oydan oshirib borish rejalashtirilgan. Natijada, 2039-yilga kelib: - erkaklar uchun pensiya yoshi — 63 yosh; - ayollar uchun — 58 yosh etib belgilanishi mumkin. Ayni paytda mazkur hujjat loyiha bosqichida bo‘lib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. 🔛Obuna bo'ling🔛 💬Telegram
📌 TA’SISCHIGA TEGISHLI KO‘CHMAS MULK IJARAGA BERILGANDA Yuridik shaxsning jismoniy shaxs bo‘lgan ta’sischisi tomonidan ushbu yuridik shaxsga ijaraga yoki tekin foydalanishga berilgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan ijara to‘lovining eng kam miqdori qo‘llanilmasligi belgilandi. Mazkur norma 2027-yil 1-yanvardan amal qilishi kutilmoqda. ⚠️ Ammo amaldagi tartibga ko‘ra, ijara to‘lovining eng kam stavkasi qo‘llaniladi. Asos: PF-175-son 27.08.2026 yil. 🔛Obuna bo'ling🔛 💬Telegram
Shuningdek: Avval rasmiylashtirilgan mehnat shartnomalari Yagona milliy mehnat tizimiga kiritilishiga ruxsat beriladi hamda kechiktirib kiritilganligi sababli jarima qoʻllanmaydi. 🔛Obuna bo'ling🔛 💬Telegram
Kichik va o‘rta biznes uchun 2026-yil 31-dekabrgacha soliq qarzdorliklarini yopish bo‘yicha yengilliklar berilmoqda. Agar oldin yuzaga kelgan soliq qarzdorligi 2026-yil oxirigacha to‘liq to‘lansa, unga hisoblangan penyalar bekor qilinadi va ijro ishi tugatiladi. Asosiy yengilliklar: Penya bekor qilinadi — eski soliq qarzi 2026-yil 31-dekabrgacha to‘liq to‘lansa, unga hisoblangan penya hisobdan chiqariladi. Hisobotni penyasiz tuzatish mumkin — agar tadbirkor oldin topshirilgan soliq hisobotidagi xatoni o‘zi aniqlab, hisobotni tuzatsa va chiqqan soliq farqini 2026-yil oxirigacha to‘liq to‘lasa, ushbu summaga penya hisoblanmaydi. Asosiy shart — 2027-yil 1-yanvar holatiga korxonaning soliq qarzi qolmasligi kerak. Ayrim ma’muriy jarimalar bekor qilinadi — soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasini bankka o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun jarimalardan ozod qilinadi. Barqarorlik reytingi pasaymaydi — xatolarini o‘zi aniqlab tuzatgan tadbirkorning Barqarorlik reytingidagi ballari kamaytirilmaydi. Eski jarimalar hisobdan chiqariladi — 2026-yil 1-yanvargacha soliq hisobotlarini o‘z vaqtida topshirmaganlik uchun yuzaga kelgan ma’muriy jarimalar bo‘yicha qarzdorliklar bekor qilinadi. Qatʼiy belgilangan miqdordagi aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchi subyektlarga — qoʻllangan moliyaviy jarimalarning toʻlanmagan qismi. Qisqacha: agar eski soliq qarzingiz bo‘lsa, asosiy qarzni 2026-yil 31-dekabrgacha to‘liq to‘lasangiz, unga hisoblangan ayrim penya va jarimalar bekor qilinadi. Asos: PF-175-son 27.08.2026 yil. 🔛Obuna bo'ling🔛 💬Telegram
Hozirgi kunda VMQ-66-son qarorga asosan, jismoniy shaxslar tomonidan respublikadan ekvivalenti 100 million so‘mga teng bo‘lgan naqd valyutani olib chiqish mumkin. Ammo 27.08.2026-yildagi PF-174-son Farmonga asosan, bu miqdorni 10 ming AQSh dollariga o‘zgartirish belgilandi. 🔛Obuna bo'ling🔛 💬Telegram
PF-115-son Farmonga asosan, 1-sentabrdan, ya’ni bugundan boshlab: Bazaviy hisoblash miqdori — 440 000 so‘m; Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 360 000 so‘mni tashkil etadi. 🔛Obuna bo'ling🔛 💬Telegram
Xaridorga tovar sotilganda yoki xizmat ko‘rsatilganda belgilangan tartibda fiskal chek, kvitansiya yoki unga tenglashtirilgan hisob-kitob hujjatini bermaslik Soliq kodeksining 221-moddasiga asosan 5 mln so‘m miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, VMQ-255-son qaroriga asosan, bunday huquqbuzarliklar aniqlangan holatlar haqida soliq organlarini xabardor qilgan shaxslar bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Mukofot miqdori belgilangan jarimaning 20 foizini, ya’ni 1 mln so‘mni tashkil etadi. Haq-huquqlaringizni biling, lekin ...
VMQ-6-son qaroriga asosan, yakka tartibdagi tadbirkorlar chakana savdo bilan shug‘ullanishi mumkin, biroq quyidagi mahsulotlarni sotish bundan mustasno: 👇 • Qurilish materiallari; • Alkogolli va tamaki mahsulotlari; • Neft mahsulotlari; • Farmatsevtika tovarlari. 🔛Obuna bo'ling🔛 💬Telegram
2026-yil 21-avgustdan boshlab qarz (moliyaviy yordam) shartnomalari soliq organida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda 21-avgustgacha tuzilgan shartnomalarni hisobga qo‘yish bo‘yicha hozircha ma’lumot yo‘q. Asos: PF-95-son, 6-b kichik bandi. 🔛Obuna bo'ling🔛 💬Telegram
Mehnat kodeksining 217-moddasiga ko‘ra, har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi yigirma bir kalendar kunni tashkil etadi. Ammo Mehnat kodeksining 221-moddasi 2-qismiga ko‘ra, har yilgi mehnat ta’tili davriga Mehnat kodeksining 208-moddasida ko‘rsatilgan ishlanmaydigan bayram kunlari to‘g‘ri kelsa, ushbu kunlar mehnat ta’tilining davomiyligini belgilashda hisobga olinmaydi. Misol: Xodim 1-dekabrda mehnat ta’tiliga chiqdi va 22-dekabrdan ishga qaytishi kerak edi. Lekin 8-dekabr — "Konstitutsiya kuni" ishlanmaydigan bayram kuni bo‘lganligi sababli, bu kun ta’til davomiyligiga hisobga olinmaydi. Shuning uchun xodim 23-dekabrdan ishga chiqadi (agar bu kun xodim uchun ish kuni bo‘lsa, albatta). 🔛Obuna bo'ling🔛 💬Telegram
✅ Kredit Tashkilotlarining Ustav Kapitalining Eng Kam Miqdorlari: ● Tijorat Banklarida – 500 mlrd so‘mni; ● Mikromoliya Banklarida – 50 mlrd so‘mni; ● Kafolatlar Berish Tashkilotida – 100 mlrd so‘mni; ● Ipotekani Qayta Moliyalashtirish Tashkilotida – 25 mlrd so‘mni; ● Faktoring Tashkilotida – 2 mlrd so‘mni; ● Mikromoliya Tashkilotida – 2 mlrd so‘mni; ● Lombardlarda – 500 mln so‘mni tashkil etishi lozim. 🔛Obuna bo'ling🔛 💬Telegram
Комментарии пишут вошедшие — так видно, кто автор.
Войти